Ariza to‘lovlari va komissiyalarining qaytarilmasligi

Ariza to‘lovlari va komissiyalarining qaytarilmasligi to‘g‘risida

iApply.org platformasida ariza topshirishdagi ariza to‘lovlari, komissiyalar va ularning qaytarilmasligi shartlari bilan tanishing.

Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367–369-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda — “Foydalanuvchi”) iApply.org (bundan buyon matnda — “Platforma”) orqali Ta’lim muassasasiga (bundan buyon matnda — “Muassasa”) ariza topshirganda qo‘llaniladigan to‘lov shartlarini belgilovchi rasmiy ommaviy oferta (bundan buyon matnda — “Oferta”) hisoblanadi. Mazkur Oferta Foydalanuvchilar tomonidan Platforma orqali Muassasaga hujjatlar topshirish bilan bog‘liq to‘lovlarning qaytarilmasligi siyosatini tartibga soladi.

1. Qo‘llaniladigan atamalar

AtamaTa’rif
Platforma (iApply.org)Foydalanuvchilarning Muassasaga hujjat topshirish jarayonini raqamlashtiruvchi va ushbu jarayonda qo‘llaniladigan to‘lov shartlarini, shu jumladan to‘lovlarning qaytarilmasligi siyosatini belgilovchi vositachi onlayn tizim.
Muassasa (Oferta beruvchi)Ta’lim jarayonini tashkil etuvchi yuridik shaxs.
Foydalanuvchi (Akseptant)Platforma xizmatlaridan o‘z nomidan hujjat topshirish maqsadida foydalanuvchi muomala layoqatiga ega jismoniy shaxs.
Ariza to‘loviFoydalanuvchi tomonidan Platforma orqali Muassasaga hujjat topshirish uchun to‘lanadigan summa.
Komissiya to‘loviTo‘lovni qayta ishlash bilan bog‘liq operatsion xarajatlarni, jumladan bank xizmatlari, to‘lov tashkilotlari, xalqaro pul o‘tkazmalari va valyuta konvertatsiyasi xarajatlarini qoplash uchun undiriladigan qo‘shimcha to‘lov.
Shaxsiy kabinetFoydalanuvchining Platformadagi shaxsiy bo‘limi bo‘lib, u orqali ariza holatini kuzatish, to‘lov tarixini ko‘rish va bildirishnomalarni olish mumkin.
Mentorlik xizmatiPlatforma orqali Foydalanuvchiga taklif etiladigan individual yoki guruhli qo‘llab-quvvatlash xizmati bo‘lib, u ta’lim bo‘yicha yo‘naltirish, maslahat, tavsiyalar va kuzatuvni o‘z ichiga oladi hamda dasturlar, paketlar yoki alohida sessiyalar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin.
Mentorlik paketiOylik, choraklik yoki kurs davomiyligiga mo‘ljallangan, belgilangan hajm va muddatdagi mentorlik xizmatlari to‘plami bo‘lib, bir martalik to‘lov asosida sotib olinadi.
Mentorlik to‘loviFoydalanuvchi tomonidan Mentorlik xizmati yoki Mentorlik paketini sotib olish uchun to‘lanadigan summa.
Oferta (Ommaviy oferta)Mazkur hujjatning o‘zi bo‘lib, unda nazarda tutilgan barcha shartlarni o‘z ichiga oladi.

2. Umumiy qoidalar

2.1. Ofertaning maqomi.

Mazkur Oferta Platforma tomonidan Foydalanuvchiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy shartlarini belgilaydi. Oferta quyidagi xususiyatlarga ega:

  • Ommaviy xarakterga ega: shartlar barcha Foydalanuvchilar uchun bir xil.
  • Majburiy kuchga ega: Foydalanuvchi tomonidan qabul qilingandan so‘ng u uchun majburiy hisoblanadi.
  • Shaffoflik: u Platformaning rasmiy veb-saytida va boshqa ochiq axborot manbalarida e’lon qilinadi.

2.2. Ofertaning maqsadi.

Ofertaning maqsadi to‘lovlarning qaytarilmasligi tamoyilini belgilash orqali ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlarni shaffof va adolatli qilishdan iborat.

3. Ofertaning predmeti va aksept qilish tartibi

3.1. Mazkur Ofertaning predmeti Foydalanuvchi tomonidan to‘langan Ariza to‘lovi va Komissiya to‘lovi qaytarilmaydigan to‘lovlar ekanligini belgilash, ularni qoplash mexanizmini aniqlash hamda shu bilan bog‘liq ravishda tomonlarning huquqiy maqomini belgilashdan iborat.

3.2. Aksept deganda Foydalanuvchi Ariza to‘lovini amalga oshirgan paytdan boshlab mazkur Oferta shartlarini to‘liq, so‘zsiz va ixtiyoriy ravishda qabul qilgan deb hisoblanishi tushuniladi.

  • Aksept amalga oshirilganidan so‘ng Oferta shartlari o‘zaro majburiy kelishuv kuchiga ega bo‘ladi.
  • To‘lovni amalga oshirishdan oldin Foydalanuvchi Oferta matni bilan tanishish imkoniyatiga ega. Agar u Ofertaning biror qismiga rozi bo‘lmasa, to‘lovni amalga oshirmaslik huquqiga ega.

3.3. Shaxsiy kabinet. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng Foydalanuvchiga uning Shaxsiy kabinetiga kirish huquqi beriladi. Shaxsiy kabinet orqali Foydalanuvchi o‘z arizasining holatini mustaqil ravishda kuzatib boradi.

4. To‘lovlar va ularning qaytarilmasligi shartlari

4.1. To‘lov tarkibi.

Foydalanuvchi tomonidan to‘lanadigan umumiy summa quyidagi qismlardan iborat:

  • Ariza to‘lovi;
  • Komissiya to‘lovi;
  • Agar Foydalanuvchi Mentorlik xizmatini xarid qilgan bo‘lsa, Mentorlik to‘lovi.

4.2. Qaytarilmaslik asoslari.

HolatTavsif
Agar ariza rad etilsaAgar Foydalanuvchining arizasi Muassasa tomonidan tanlov asosida qabul qilinmasa, shu jumladan malaka darajasi yetarli bo‘lmasa, hujjatlar to‘liq bo‘lmasa yoki boshqa sababga ko‘ra rad etilsa.
Agar ariza bekor qilinsaAgar Foydalanuvchi ariza topshirgandan keyin uni ixtiyoriy ravishda bekor qilsa yoki belgilangan muddatda talab qilingan hujjatlarni taqdim etmasa.
Agar ariza qaytarib olinsaAgar Muassasa va Foydalanuvchi o‘zaro kelishuv asosida arizani bekor qilsa.

4.3. Komissiya to‘lovining mohiyati. Komissiya to‘lovi Platformaning texnik xarajatlarini, jumladan bank komissiyasi, to‘lov tizimi xizmat haqi, xalqaro pul o‘tkazmalari va valyuta konvertatsiyasi xarajatlarini qoplash uchun mo‘ljallangan. Ariza yoki Mentorlik xizmatlari natijasidan qat’i nazar, ushbu to‘lov hech qanday holatda qaytarilmaydi.

4.4. Umumiy qoida. Ariza to‘lovi va Komissiya to‘lovi amalga oshirilgandan so‘ng ular qaytarib berilmaydi va boshqa to‘lovga o‘tkazilmaydi.

4.5. Mentorlik to‘lovining qaytarilishi va qaytarilmasligi tartibi.

  • 4.5.1. Agar Foydalanuvchi Mentorlik xizmati yoki Mentorlik paketini xarid qilgandan so‘ng undan foydalanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechsa va ushbu bo‘limda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, foydalanilmagan xizmat uchun to‘langan Mentorlik to‘lovi qaytarilmaydi hamda boshqa shaxsga yoki boshqa xizmatga o‘tkazilmaydi.
  • 4.5.2. Foydalanuvchi to‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab 24 (yigirma to‘rt) soat ichida Platforma bilan ko‘rsatilgan aloqa kanallari orqali yozma yoki elektron shaklda bog‘lanib, Mentorlik to‘lovini qaytarishni so‘rashi mumkin. Bunda quyidagi barcha shartlar bajarilgan bo‘lishi kerak:
  • Mentorlik xizmati doirasida hech qanday sessiya, uchrashuv, maslahat, onlayn yoki oflayn muloqot bo‘lib o‘tmagan bo‘lishi kerak.
  • Foydalanuvchining qaytarish haqidagi murojaati to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida yuborilgan bo‘lishi kerak.
  • 4.5.3. Agar 4.5.2-bandda ko‘rsatilgan barcha shartlar bajarilgan bo‘lsa, Platforma Mentorlik to‘lovini quyidagi tartibda qaytaradi:
  • Mentorlik to‘lovi summasidan bank va to‘lov tizimi xizmatlari uchun hisoblangan 10% (o‘n foiz) komissiya ushlab qolinadi.
  • Qolgan 90% (to‘qson foiz) 5 (besh) ish kuni ichida to‘lov amalga oshirilgan bank kartasiga qaytariladi.
  • 4.5.4. Agar 24 soatlik muddat o‘tib ketgan bo‘lsa yoki Mentorlik xizmati bilan bog‘liq kamida bitta sessiya, uchrashuv, maslahat yoki muloqot bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, Mentorlik to‘lovi to‘liq qaytarilmaydi va boshqa xizmatlarga yoki uchinchi shaxslarga o‘tkazilmaydi.
  • 4.5.5. Mentorlik to‘lovini qaytarish jarayonida banklar, to‘lov tizimlari va boshqa vositachilar tomonidan undiriladigan barcha komissiyalar va qo‘shimcha xarajatlar Foydalanuvchi zimmasida bo‘ladi hamda hech qanday holatda qaytarilmaydi.
  • 4.5.6. Mentorlik xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirish orqali Foydalanuvchi ushbu Ofertaning barcha shartlarini, shu jumladan Mentorlik to‘lovining qaytarilishi va qaytarilmasligi qoidalarini to‘liq, so‘zsiz va ixtiyoriy ravishda qabul qilgan deb hisoblanadi.

5. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

5.1. Foydalanuvchining huquqlari

  • -Ariza topshirishdan oldin ushbu Oferta shartlari bilan tanishish.
  • -Shaxsiy kabinet orqali ariza holati haqida ma’lumot olish.
  • -Arizani o‘z ixtiyoriga ko‘ra bekor qilish, bunda qaytarilmaslik oqibatlarini qabul qilgan holda.
  • -Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda o‘z huquqlarining amalga oshirilishini talab qilish.

5.2. Foydalanuvchining majburiyatlari

  • -To‘lovni amalga oshirishda o‘z shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘riligini ta’minlash.
  • -To‘lovni amalga oshirish orqali Oferta shartlarini qabul qilish.
  • -To‘lovlarning qaytarilmaslik xususiyatini tan olish.

5.3. Platformaning huquqlari

  • -Belgilangan miqdorlarda ariza to‘lovlari va komissiyalarni undirish.
  • -Foydalanuvchining arizasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Muassasaga yuborish.
  • -Oldindan amalga oshirilgan to‘lovlarga taalluqli bo‘lmagan holda ushbu Ofertaga bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish.
  • -To‘lovlar xavfsizligini ta’minlash uchun texnik va tashkiliy choralarni ko‘rish.

5.4. Platformaning majburiyatlari

  • -To‘lovlar tarkibi va ularning qaytarilmasligi haqida shaffof hamda to‘liq ma’lumot taqdim etish.
  • -Foydalanuvchi ma’lumotlarining maxfiyligi va xavfsizligini ta’minlash.
  • -Agar ariza Muassasaga yuborilmagan bo‘lsa, texnik imkon mavjud bo‘lganda sabablarini Shaxsiy kabinet orqali bildirish.
  • -O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qat’iy rioya qilish.

6. Qonunchilikka muvofiqlik va ma’lumotlar xavfsizligi

6.1. Mazkur Oferta O‘zbekiston Respublikasining quyidagi normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan:

  • Fuqarolik kodeksi;
  • “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun;
  • “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun.

6.2. Platforma to‘lov jarayonida olingan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qonunchilik talablariga muvofiq himoya qilish majburiyatini oladi.

7. Nizolarni hal etish tartibi

7.1. To‘lovlar bilan bog‘liq har qanday nizo yoki kelishmovchilik yuzaga kelganda, tomonlar nizoni o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan hal qiladilar.

7.2. Agar tomonlar o‘zaro muzokaralar orqali kelishuvga erisha olmasalar, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Platforma joylashgan hududdagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

8. Ofertaning amal qilish muddati va unga o‘zgartirish kiritish

8.1. Mazkur Oferta Platforma tomonidan rasmiy veb-saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

8.2. Har bir Foydalanuvchi uchun Oferta shartlari u to‘lovni amalga oshirgan paytdan, ya’ni aksept sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.

8.3. Platforma Oferta shartlariga bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Bunday o‘zgartirishlar rasmiy veb-saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

O‘zgartirishlar avval amalga oshirilgan to‘lovlarga nisbatan tatbiq etilmaydi va ularning qaytarilmaslik xususiyatiga ta’sir qilmaydi.

8.4. Platforma ushbu Ofertani istalgan vaqtda bekor qilish huquqiga ega. Bekor qilinganligi haqida ma’lumot veb-saytda e’lon qilinadi. Bekor qilish avval qabul qilingan akseptlarga yoki amalga oshirilgan to‘lovlarga ta’sir qilmaydi.

9. Yakuniy qoidalar

9.1. Mazkur Oferta, shuningdek unga kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.

9.2. Agar Ofertaning biror qismi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilsa, bu qolgan qismlarning amal qilishiga ta’sir qilmaydi va ular to‘liq kuchda qoladi.

9.3. Ofertada nazarda tutilmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida tartibga solinadi.

Platforma rekvizitlari

Tashkilot nomi

TA’LIM PORTALI MCHJ

Platforma

iApply.org

Yuridik manzil

O‘zbekiston, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Beshyog‘och ko‘chasi, 28-31

STIR

310 435 458

Bank

O‘zsanoatqurilishbank, Shahar filiali

MFO

00440

Hisob raqami

2020 8000 1056 4197 6001

Email

info@iapply.org

Telefon

+998 78 113 14 80